Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonning eng yaxshi aeroport va aviakompaniyalari aniqlandi

Jahonning eng yaxshi aeroport va aviakompaniyalari aniqlandi

Qatardagi Hamad xalqaro aeroporti.

Foto: «Focus»

«AirHelp» kompaniyasi jahonning eng yaxshi aeroportlari va aviakompaniyalarini aniqladi.

Mutaxassislar 134 ta aeroportni baholashda 40 mamlakatdagi 40 mingdan ziyod mijozlarning fikrlariga suyanishdi. Shuningdek, parvozlarning vaqtida amalga oshishi, xizmat sifati, restoranlar, do‘konlarning qay darajada talabga javob berishi hisobga olindi.

Yuqoridagilar asosida Qatardagi Hamad aeroporti dunyoda tengsiz deb topildi. Undan keyingi o‘rinlarda Tokio (Yaponiya) va Afina (Gretsiya) aeroportlari.

Foto: «AirHelp»

TOP-10 ga kiritilgan aeroportlar: Afonsu Pena (Braziliya), Lex Valensa nomidagi Gdansk aeroporti (Polsha), Sheremetevo (Moskva), Changi (Singapur), Rajiv Gandi xalqaro aeroporti (Hindiston), Tenerife Norte (Ispaniya) va Virakopus (Braziliya).

«Aviakompaniyalar reytingi»da ham Qatar peshqadam — «QatarAirways». Keyingi o‘rinlarda «American Airlines» va «Aeromexico».

TOP-10 ga kiritilgan aviakompaniyalar: «SAS Scandinavian Airlines», «Qantas», «LATAM Airlines», «WestJet», «Luxair», «Austrian Airlines» hamda «Emirates».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring