Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat transporti mutlaqo bepul bo‘ldi — Lyuksemburg

Jamoat transporti mutlaqo bepul bo‘ldi — Lyuksemburg

Foto: «Pinterest»

Lyuksemburgda bugun, 29-fevraldan barcha jamoat transportlari — temir yo‘llar (birinchi toifa vagonlar istisno qilinganda), avtobuslar (ayrim tungi yo‘nalishlar istisno qilinganda) va tramvaylardan foydalanish bepul bo‘ldi. Bu haqda «Deutsche Welle» xabar bermoqda.

Gersoglikni barqaror rivojlantirish vazirligi ma’lum qilishicha, transport departamentini o‘z ichiga olgan bu tizimda ilgari ayrim shaharlarda shunga o‘xshash choralar ko‘rilgandi, endi esa xayrli tashabbus, kichkina bo‘lsa-da, har holda butun mamlakatni qamrab oldi.

Tashabbusdan maqsad yo‘llarni ortiqcha avtomobillardan tozalashdir. Chunki har kuni 200 mingdan ortiq inson Lyuksemburgda ishlash uchun Germaniya, Fransiya va Belgiyadan kelib ketadi.

Hukumat «muhim ijtimoiy chora» deb atayotgan bu o‘zgarishlar qariyb aholining 40 foizi hayotida burilish yasaydi. Jamoat transportini mutlaqo bepul qilish yiliga qo‘shimcha 41 mln. yevro xarajatni yuzaga keltiradiki, buni soliq yig‘imlari hisobidan qoplash ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Lyuksemburg Buyuk gersogligining hududi 2 590 kvadrat kilometrga teng (O‘zbekistondan 173 baravar kichik, misol uchun: Bo‘stonliq tumani hududiga qariyb ikkita Lyuksemburg sig‘adi). Aholisi — 607 ming kishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring