Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya tankeri Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyani buzganlikda ayblanmoqda

Janubiy Koreya tankeri Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyani buzganlikda ayblanmoqda

Foto: «Google.com»

Janubiy Koreya bayrog‘i ostida harakatlangan tanker Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT tomonidan qo‘llangan sanksiyani buzganlikda ayblanib, olti oydan buyon Pusan portida ushlab turilibdi.

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirligi bu bo‘yicha bayonot berib o‘tgan. Bayonotda nima sababdan yarim yildan buyon ushbu ma’lumot e’lon qilinmagani to‘g‘risida hech qanday gap yo‘q.

Xabar qilinishicha, AQSh razvedkasi ma’lumotidan so‘ng Janubiy Koreya hukumati surishtiruv ishlarini boshlagan. AQSh razvedkasi tomonidan aytilishicha, tanker ochiq dengizga chiqqandan so‘ng Shimoliy Koreyadan kelgan boshqa tankerga neft o‘tkazib berishi kerak edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring