Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya tog‘larida qutqaruvchi vertolyot qulab tushdi

Janubiy Koreya tog‘larida qutqaruvchi vertolyot qulab tushdi

Foto: «RIA Novosti»

Bortida yetti yo‘lovchi, jumladan, bemor olib ketayotgan qutqaruvchi vertolyot Janubiy Koreya tog‘larida qulab tushdi, deya xabar berdi «YTN» telekanali.

Halokat juma, 1-may kuni taxminan soat 12 larda Kyonsan-Namdo provinsiyasining Chirisan tog‘larida sodir bo‘lgan. Chaqiruvga ko‘ra yetib borgan vertolyot yuragi to‘xtab qolgan bemorni olib qaytayotganda Chxonvan cho‘qqisi yaqinida qulab tushgan.

Qutqaruvchilar jamoasi jarohatlanmagan, lekin bemor va uning vasiysi og‘ir ahvolda. Ular shu yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, halokat chog‘ida portlash sodir bo‘lmagan. Vertolyot Kyonsan-Namdo provinsiyasining yong‘in o‘chirish boshqarmasiga qarashli bo‘lgan, biroq nomi ko‘rsatilmagan aviakompaniyadan ijaraga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring