Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada 30 yildan beri qidirilayotgan seriyali qotil topildi

Janubiy Koreyada 30 yildan beri qidirilayotgan seriyali qotil topildi

Foto: Gyeonggi Nambu Provincial Police Agency

Janubiy Koreya politsiyasi 1990-yillardan beri qidirilayotgan «Xvasonlik seriyali qotil»ni topdi. Bu haqda «Chosun Ilbo» yozmoqda.

Jinoyatchi barcha qotilliklarni bitta shaharda sodir etgani uchun shu nomni olgan. 1986—1991-yillar davomida bu savdoyining qo‘lidan 14 yoshdan 71 yoshgacha bo‘lgan o‘n nafar ayol o‘lim topgan.

Politsiya xabariga ko‘ra, ular uzoq yillar qidirgan jinoyatchi ko‘pdan beri qamoqda o‘tirgan ekan...

Genetik ekspertizaga ko‘ra, ochilmay qolgan uch jinoyat joyidan olingan DNK namunalari milliy ma’lumotlar bazasidagi namunalar bilan bir xil chiqqan. Aniqlanishicha, jinoyatchi bu paytga kelib qamoqda muddatni o‘tayotgan bo‘lgan: 1994-yili u bir ayolni zo‘rlash va o‘ldirishda aybli deb topilib qamalgan. «Xvasonlik qotil»ning ham barcha qurbonlari ana shunday o‘lim topishgan...

Foto: Gyeonggi Nambu Provincial Police Agency

Mash’um jinoyatlar uzoq yillar politsiya va qurbonlarning yaqinlariga halovat bermadi. Jinoyatchini tutishda yordam berganlarga katta mukofot ham e’lon qilindi, ammo natija bermadi.

«Qotillik haqida xotiralar» (2003-y.) filmidan kadr

Hatto shu voqealar asosida Janubiy Koreya tarixida eng ko‘p pul ishlagan «Qotillik haqida xotiralar» (2003-y.) filmi suratga olingan.

Jinoyatchi topilgani bilan jazodan qutulib qolishi mumkin: 2007-yilgacha mamlakatda  sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha ishlar 15 yil muddatda yopilardi, bu qonun 2015-yilga kelib bekor qilingan. «Xvasonlik qotil» sodir etgan oxirgi jinoyatning «muddati» 2006-yilning aprelida tugagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring