Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada farrosh chiqindi qutisidan oltin topib oldi

Janubiy Koreyada farrosh chiqindi qutisidan oltin topib oldi

1 may kuni Janubiy Koreyaning Inchxon shahridagi xalqaro aeroportda farrosh chiqindi qutisidan 350 million von (327 ming AQSh dollari atrofida) qiymatidagi oltin bo‘laklarini topib olgan. Bu haqda «The Korea Times» xabar bermoqda.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, oltin egasi o‘zi haqida ma’lumot bermagan. Agar u o‘zi haqida olti oy ichida xabar bermasa, rasmiy ravishda egalik huquqi farroshga o‘tadi.

Egasi topilgan taqdirda ham oltinning bozor narxining 20 foizi farroshga beriladi. Lekin tillalar qandaydir jinoiy harakatga aloqador bo‘lsa, unga hech nima berilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring