Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar kushandasi oltita umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Jurnalistlar kushandasi oltita umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: «AP Photo / Anne Arundel Police»

Merilend shtat sudi 2018-yilda mahalliy gazetaning besh xodimini otib tashlagan Jerrod Ramosni oltita umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, ulardan beshtasi shartli ozodlikka chiqish huquqidan mahrum, yana 345 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda shtat prokuraturasiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

2018-yil 28-iyun kuni Capital Gazette nashri tahririyatida sodir bo‘lgan otishmada 5 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan. Gumonlanuvchi Jerrod Ramos hibsga olingan. U uzoq yillar davomida gazeta bilan sudlashib kelgan. Muvaffaqiyatsizlikka uchragach esa, uning xodimlariga tahdid qilgan.

«Ayblanuvchi shartli ravishda ozodlikka chiqish huquqisiz beshta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, yana bitta umrbod qamoq jazosi hamda 345 yil qamoq jazosi tayinlandi», — deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring