Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistning uyiga o‘t qo‘ydirgan sobiq hokim qamaldi — Serbiya

Jurnalistning uyiga o‘t qo‘ydirgan sobiq hokim qamaldi — Serbiya

Sobiq mer Dragolyub Simonovich.

Foto: «Rosbalt»

Belgrad (Serbiya) sudi Grotska shahri sobiq meri Dragolyub Simonovichni 4 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda «France-Presse» agentligi xabar berdi.

Grotska — poytaxt Belgraddan 30 kilometr olislikdagi shahar.

2018-yilning dekabrida jurnalist Milan Yovanovichning uyiga o‘t qo‘yishni buyurgan Simonovich aybdor deb topildi. Yovanovich korrupsiyaga aloqador ishlar, xususan, bunga bevosita daxldor mer haqida ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullangan.

Buyruqni bajargan («Molotov kokteyli»ni uloqtirib yong‘in chiqargan) Aleksandr Marinkovichga nisbatan sirtdan 4 yil-u 3 oy muddatli qamoq jazosi tayinlangan.

Jurnalist agentlikka bergan intervyusida sud hukmidan qanoatlanganini bildirdi.

Voqea qanday yuz bergan?

2018-yilning 12-dekabr kuni noma’lum shaxs jurnalistning rafiqasiga tegishli, garajda turgan «Mercedes» avtomobilini yoqib yuboradi. Yong‘in mashinadan garaj, so‘ng uyga o‘tib, hammasi yonib ketadi.

Jabrlanuvchi ushbu ishda o‘zi shug‘ullanayotgan korrupsiya ishi figuranti — shahar meridan gumonsirayotganini politsiyaga bildiradi. Voqealarning intihosi esa ma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring