Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambodja shimoliy koreyalik tadbirkorlarga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

Kambodja shimoliy koreyalik tadbirkorlarga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

Foto: «Siemreap»

Kambodjada KXDR fuqarolari boshqarayotgan barcha umumiy ovqatlanish muassasalari yopildi, deb yozmoqda «Regnum».

Kambodja hukumati KXDR hukumatidan mamlakatdagi barcha korxonalarini yopishni, shimoliy koreyalik tadbirkorlardan esa vatanlariga qaytib ketishni so‘ragan.

«BMT a’zosi sifatida shunday yo‘l tutishga majburmiz», — dedi Kambodja bosh vaziri o‘rinbosari hamda tashqi ishlar vaziri KXDR TIV vakillari bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi 2017-yil dekabrida qabul qilgan rezolyusiyaga ko‘ra, BMTga a’zo har bir mamlakat joriy 2019-yilning yakuniga qadar shimoliy koreyalik mehnat migrantlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishi shart. Ushbu rezolyusiya KXDRning raketa sinovlariga javoban hamda yadroviy tadqiqotlar uchun moliyaviy oqimlarni to‘xtatish maqsadida qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring