Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaspiy dengizining ulkan salohiyati ochildi — neft va gazdan afzalroq

Kaspiy dengizining ulkan salohiyati ochildi — neft va gazdan afzalroq

Foto: «TravelAsk»

«Report» yozishicha, Ozarbayjon energetika vazirining o‘rinbosari Elnur Sultonov Kaspiy dengizi katta energetik salohiyatga egaligini ta’kidladi.

«Kaspiy dengizida, ayniqsa, shimoliy qismida juda ulkan shamol salohiyati bor. Xalqaro tuzilmalar uning hajmini 151 GVt ga baholashmoqda. Solishtirish uchun: bu Ozarbayjondagi mavjud energetik salohiyatdan 20 baravar yuqori», — dedi Sultonov.

Vazir o‘rinbosari qayd etishicha, energetika sohasi uchun foydaliligi bo‘yicha Kaspiy dengizi shamoli dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Neft va gaz manbai sifatida biz foydalanib kelgan Kaspiyning «yashil energiya» borasidagi ulkan salohiyati Ozarbayjon iqtisodiyotida yangi sahifa ochishi mumkin, dedi u.

Sultonovning ta’kidlashicha, shamol energiyasi ishlab chiqarish uchun dunyoda Kaspiydan yaxshiroq faqat bitta dengiz bor — Shimoliy dengiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring