Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In otasi va bobosi suratlarini joylardan oldirib tashlashga buyruq berdi

Kim Chen In otasi va bobosi suratlarini joylardan oldirib tashlashga buyruq berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rasmiylarga mamlakatda yangi mafkura – kimchenizmni targ‘ib qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar qilmoqda. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Janubiy Koreya razvedkasi xodimlari «kimchenizm» atamasi KXDR hukumat doiralarida allaqachon faol qo‘llanila boshlaganini, davlat matbuotida esa Kim Chen In «buyuk yetakchi» deb atala boshlaganini aniqlagan. Ilgari Shimoliy Koreyaning birinchi rahbari Kim Ir Sengina ushbu unvon bilan atalgan.

Kim Chen In, nashrning yozishicha, shuningdek, bobosi va otasi Kim Chen Irning portretlarini Pxenyandagi barcha hukumat binolaridan olib tashlashni talab qilgan.

Mutaxassislar buni KXDRning amaldagi rahbarining bobosi va otasi yaratgan tizimning qator jihatlaridan noroziligi bilan izohlamoqda.  Kim Chen In o‘z ajdodlari soyasidan chiqib ketishga harakat qilmoqda va avtokrat bo‘lishni xohlaydi, deyiladi nashr xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring