Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Shimoliy Koreya iqtisodidagi barcha rejalar barbod bo‘lgani haqida gapirdi

Kim Chen In Shimoliy Koreya iqtisodidagi barcha rejalar barbod bo‘lgani haqida gapirdi

KXDR rahbari Kim Chen In mamlakatni rivojlantirishning besh yillik rejasi deyarli barcha jabhalarda barbod bo‘lganini e’lon qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya rahbari Koreya Ishchilar partiyasining qurultoyi vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters.

KXDR lideri 2020-yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reja doirasida deyarli barcha sohalarda maqsadlarga erishilmaganligini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, KXDR o‘z imkoniyatlariga asoslangan holda iqtisodiyotini mustahkamlashi kerak. Ta’kidlanishicha, kelgusi besh yillik iqtisodiy rivojlanish rejasi Shimoliy Koreya Mehnat partiyasining Kongressida qabul qilinadi.

Avvalroq, Kim Chen In o‘z xalqiga televizion usulda Yangi yil tabrigi yo‘llamay, faqat yozma tabrik bilan cheklangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring