Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen Inning oq tulpori: Shimoliy Koreya katta yurishlarga tayyorlanmoqda(mi)?

Kim Chen Inning oq tulpori: Shimoliy Koreya katta yurishlarga tayyorlanmoqda(mi)?

Foto:«Korean Central News agency»

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In muqaddas tog‘da oq tulpor minib yurgani suratlari tarqaldi.

Mutaxassislar Shimoliy Koreya rahbarining «katta operatsiya» rejalashtirayotganiga ishonishadi.

Shimoliy Koreya davlat xabar agentligi tomonidan e’lon qilingan suratlarda Kim sulolasi uchun muqaddas sanalgan Payektu tog‘idagi qorli dashtlar va o‘rmonlardan oq otda sayr qilayotgani tasvirlangan.

«Uning Payektu tog‘idagi otliq yurishi Koreya inqiloblari tarixidagi katta ahamiyatga ega voqea», deyiladi xabarda.

 Kim siyosat sohasidagi katta sa’y-harakatlar paytida ko‘pincha muqaddas tog‘larga sayohatlar qilgan.

O‘tgan yili Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni tarixiy sammit doirasida tog‘ cho‘qqisiga olib chiqqan edi.

Tahlilchilarning fikricha, Shimoliy Koreya yetakchisining bu harakati bekorga emas. Oq ot va muqaddas tog‘ ogohlantiruvchi signal bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring