Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kitsamolyot» ilk parvozni muvaffaqiyatli yakunladi

«Kitsamolyot» ilk parvozni muvaffaqiyatli yakunladi

Avval xabar berganimizdek, 5 iyul kuni «Airbus» kompaniyasi oq kitni eslatuvchi «BelugaXL» (Airbus A330-700L) rusumli samolyotning taqdimotini o‘tkazgan edi. Kompaniya yuk samolyotining ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

SNN ma’lumotlariga ko‘ra, «kitsamolyot» 4 soatu 11 daqiqa parvoz qilib, Fransiyaning Tuluza-Blanyak aeroportiga qo‘ngan.

«Airbus» kompaniyasi mutasaddilari «BelugaXL»ning foydalanishga topshirilishidan avval 10 oy davomida 600 soat parvoz sinovidan o‘tkazilishini ma’lum qilishdi.

Samolyotga kulimsiragan kit shaklini berish uchun «Airbus» kompaniyasi 20 ming xodimining takliflarini o‘rgangan edi. Xodimlarning 40 foizi 6 tanlovdan iborat anketaning kulimsiragan kit shakliga ovoz bergan.

Bir vaqtning o‘zida 227 tonna yuk tashiy oladigan samolyot 2019 yili foydalanishga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring