Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kobul aeroportidan Hamid Karzay nomi o‘chirib tashlandi

Kobul aeroportidan Hamid Karzay nomi o‘chirib tashlandi

«Tolibon» vakillari Kobul xalqaro aeroporti nomidan Hamid Karzay ismini o‘chirib tashlashgan. Bu holatga hozircha rasman izoh berilmagan.

Avvalroq Afg‘oniston islom respublikasi sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniy ismi ham Kobul davlat universiteti nomidan olib tashlangandi. Bu ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgandi.

Bir paytlar «Afg‘oniston islom jamiyati» partiyasidan bo‘lgan Atto Muhammad Nur esa ushbu holatlarga quyidagicha izoh bergan: «Bir kuni biz qaytamiz va toliblar bilan hisob-kitob qilamiz».

Hamid Karzay Afg‘oniston siyosiy maydonida katta obro‘ga ega shaxs bo‘lgan. U 2001-2014 yillarda mamlakatni boshqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring