Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koinotning muhim qonunlari haqidagi noyob kitob topildi

Koinotning muhim qonunlari haqidagi noyob kitob topildi

Foto: «Lucy Young/AP»

Fransiyada Isaak Nyutonning «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» asarining birinchi nashri namunasi topildi. Unda koinot bo‘ylab jismlarning harakatlanishini tasvirlaydigan klassik mexanikaning uchta muhim qonuni ifodalangan. Bu haqda «Phys.org» press-relizida ma’lum qilindi.

Noyob kitob Korsika oroli Ayachcho shahridagi Fesh kutubxonasidan chiqqan. U 1687-yilda lotin tilida chop etilgan XVII asrga taalluqli asarning ilk namunalaridan biri hisoblanadi. Asar asosiy zalning yuqori tokchalarida bo‘lgan. Kutubxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, kitob Napoleon Bonapartning ukasi, kutubxona asoschisi Lyusen Bonapartning bibliografik ko‘rsatmalarini o‘rganish natijasida topilgan.

Original nashrlarni kolleksionerlar yuksak baholashadi. Lotin tilida yozilgan asar namunalaridan biri «Kristis» auksionida 3,7 million dollarga sotilgan.

Bu Fesh kutubxonasida aniqlangan birinchi topilma emas. Bir necha yil muqaddam uning fondlari chuqur tahlil qilina boshladi. 2018-yilda «Thesaurum Hyeroglyphicorum» nashri taqdim etilgan — 1610-yilga taalluqli Misr iyerogliflari bo‘yicha tadqiqot ishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring