Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p uyqu o‘lim xavfini oshiradi

Ko‘p uyqu o‘lim xavfini oshiradi

Foto:«Globallookpress.com»

Yaponiyalik olimlar 60 yoshdan oshgan kishilarning qushuyqusi yoki haddan ziyod ko‘p uxlashi o‘lim xavfining oshishiga olib kelishini aniqlashdi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Mutaxassislarning shu haqdagi maqolasi «Journal of the American Geriatrics Society»da chop etildi.

Tadqiqotda 1517 kishi qatnashdi va 10 yil mobaynida ularning uxlashi kuzatib borildi. Bu muddatda 294 nafar ko‘ngillining aqli zaiflashgan, 282 nafari esa hayotdan ko‘z yumgan.

Kam yoki ko‘p uxlash yosh va jins o‘rtasida farq qilishi mumkin. Shu bois har kim qancha uxlashini o‘zi nazorat qilib borishi tavsiya etiladi. Masalan, 5 soatdan kam yoki 10 soatdan ko‘p uxlaydiganlar oromini 6 yoki 9 soat qilib belgilashi mumkin.

O‘tgan oy Shvetsiyaning Stokholm universiteti olimlarining maqolasi chop etildi. Unda yozilishicha, dam olish kunlari me’yoridan ko‘p uxlash kelgusidagi uyqularga kompensatsiya bo‘lib, o‘lim xavfini kamaytirar ekan. Shu bois 65 yoshdan kattalar uchun qisqa muddatli uyqu kifoya ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring