Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Germaniyaga qanday borib qolgani oydinlashdi

Koronavirus Germaniyaga qanday borib qolgani oydinlashdi

Foto: «News.yandex.ru»

Avvalroq koronavirus Germaniyaga ham yetib borgani ma’lum qilingandi. Virusning bunday uzoq masofani qanday bosib o‘tgani oydinlashdi.

Germaniya fuqarosi seminar paytida xitoylik hamkasbi bilan muloqot qilish chog‘ida koronavirusni yuqtirib olgan, deydi Bavariya sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili Andreas Sapf Myunxendagi matbuot anjumanida.

«33 yoshli kishi seshanba, 21-yanvar kuni tashkilot seminarida ishtirok etgan. Seminarda Xitoy fuqarosi ham bo‘lgan — tashkilotning Xitoyda ikkita kompaniyasi mavjud», deydi Sapf. U Bavariya sog‘liqni saqlash boshqarmasi qoshida maxsus tashkil etilgan «Task Force Infektiologie» infeksiologiya bo‘limiga rahbarlik qiladi.

Sapfning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy fuqarosi Shanxayda istiqomat qiladi. Biroq yaqinda uning uyiga kasallik avjiga chiqqan Uxanda yashovchi qarindoshi mehmonga keladi. Germaniyadan kelgach u shifokorga murojaat qiladi. Unga koronavirus qo‘zg‘atgan zotiljam tashxisi qo‘yiladi. Bavariyalik shifokorlar xitoyliklardan tasdiq olishadi.

Uning ta’kidlashicha, shifoxonaga yotqizilgan yigitning sog‘ligi qoniqarli. U kechagi kungacha ishga qatnagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring