Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: Italiyada antirekord qayd etildi

Koronavirus: Italiyada antirekord qayd etildi

Foto: «Global Look Press/Pasquale Gargano»

Italiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 7332 ta yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangandan buyon mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda 14-oktyabr kuni «TGCal 24» xabar berdi.

Shuningdek, oxirgi 24 soat ichida Italiyada koronavirus tufayli 43 ta o‘lim holati qayd etildi. Shu tariqa COVID-19 qurbonlari soni jami 36 ming kishidan oshdi.

Oldingi kunlik antirekord Italiyada 21-mart kuni qayd etilgandi. O‘shanda shifokorlar bir kecha-kunduzda 6557 ta koronavirus holatini aniqlashgan.

Yaqinda Italiyada yangi karantin choralari kuchga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tegishli hujjatni mamlakat bosh vaziri Juzeppe Konte hamda sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa imzoladilar. Restoran va barlar ishlash soati qisqartirildi. Endi ular yarim tungacha yopilishi shart.

Shuningdek, professional bo‘lmagan sportchilarning jamoaviy va kontaktli barcha musobaqalari to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, 14-oktyabr kuni Kataloniya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishini to‘xtatib qolish maqsadida hududdagi restoran va barlarni 15 kunga yopishga qaror qildi. Ular faqat yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin.

COVID-19 kasalligini chaqiruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi o‘tgan yili dekabrning oxirida tarqala boshladi. Xitoyning Uxan shahri infeksiya o‘chog‘iga aylandi. Bir necha oy ichida xastalik dunyoning 210 dan ortiq davlatini qamrab oldi. 11-mart kuni JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring