Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus tufayli birinchi bosh shifokor olamdan o‘tdi

Koronavirus tufayli birinchi bosh shifokor olamdan o‘tdi

Foto: «REUTERS»

Uxanda koronavirus tufayli «Uchan» gospitali bosh shifokori Lyu Chjimin olamdan o‘tdi, deya xabar berdi Xitoy Markaziy televideniyesi.

Avvalroq uning o‘limi haqida «Jenmin Jibao» gazetasi yozgandi, biroq keyinchalik bu xabar rad etilgan.

Lyu Chjimin 51 yoshda edi. U Xitoyda yangi kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan birinchi tibbiyot muassasasi rahbariga aylandi.

«Uchan» koronavirusni yuqtirgan bemorlarni birinchilardan bo‘lib qabul qila boshlagan. Shifoxona 966 kishiga mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring