Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosmosda tug‘ishning nima keragi bor?

Kosmosda tug‘ishning nima keragi bor?

Foto: «News.rambler.ru»

2031-yilga kelib ayollar farzandini kosmosda dunyoga keltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deydi gollandiyalik olimlar. Ularning fikriga ko‘ra, homilador ayollar vaqtincha to‘lg‘oq boshlanganda 24 — 36 soatga 160 — 200 km balandlikdagi past orbitaga olib chiqiladi. Parvozdan oldin kuchli hayajon tufayli tug‘uruqning boshlanish xavfi bo‘lgani uchun kosmosga birato‘la 30 nafar homilador ayolni yuborish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda «AIF» xabar berdi.

Bunday tajribaning ilmiy ahamiyatini katta xavf-xatarlar bilan taqqoslash noo‘rin. Hatto Yerda ham normal kechayotgan homiladorlikdagi tug‘uruq jarayoni ham turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi, — deydi RFA tibbiy-biologik muammolar instituti biofizika hujayralar laboratoriyasi boshlig‘i Irina Ogneva. — Kelajakda olis koinotni zabt etish uchun bunday tadqiqotlar zarur, lekin ishni kosmosda tuxumhujayra va spermatozoidlarni o‘rganishdan, koinotda urug‘lanish qanday kechishini kuzatishdan boshlagan ma’qul. Tabiiyki, buni odamlarda emas, hayvonlarda, masalan, kalamushlarda tajribadan o‘tkazish maqsadga muvofiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring