Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kumush o‘q»: ehtimol, u hech qachon bo‘lmaydi ham — Gebreyesus

«Kumush o‘q»: ehtimol, u hech qachon bo‘lmaydi ham — Gebreyesus

Foto: «Pixabay»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari (JSST) Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirusni yo‘q qiluvchi dori mavjud emasligini ta’kidladi.

«Ayni paytda koronavirusga qarshi «kumush o‘q» yo‘q, ehtimol, hech qachon bo‘lmaydi ham», — dedi tashkilot rahbari JSSTning Jeneva (Shveysariya)dagi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan virtual brifingda. Uning fikricha, katta umid bag‘ishlayotgan samarali tibbiyot ham insoniyatni koronavirusdan butunlay forig‘ etolmaydi.

Gebreyesus koronavirusga qarshi bir nechta vaksina uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tayotganini qo‘shimcha qilgan holda, barcha mamlakatlarni tavsiya qilingan amallarni bajarishga, insonlarni esa niqob taqishga chorladi — bular umuminsoniyat birdamligi ramziga aylanishi zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring