Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laosda yuzlab kishilar gidroelektr stansiyasi ostida qolib ketdi

Laosda yuzlab kishilar gidroelektr stansiyasi ostida qolib ketdi

Foto: «RIA Novosti»

Laosda gidroelektr stansiyasining cho‘kishi oqibatida yuzlab kishilar inshoot ostida qolib ketdi, deya xabar beradi «Haber7».

Attapeu shahrida sodir bo‘lgan falokat oqibatida ko‘plab kishilar halok bo‘lgani aytilmoqda.

Fransiya axborot agentligi «AFP»ning yozishicha, kamida 100 kishi bedarak yo‘qolgan. Falokatdan jabrlanganlarni ko‘chirish uchun hududga kemalar jo‘natilgan.

Gidroelektr stansiyasining cho‘kishi sababli 5 milliard kub suv oqib ketgan va natijada 6 ta qishloq suv ostida qolib ketgan.

Laos axborot agentligining ma’lum qilishicha, yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan, o‘nlab kishilar esa halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring