Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lavrov: «NATO Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda»

Lavrov: «NATO Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda»

Sergey Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiya bilan urushish uchun koalitsiya yig‘moqda, deb hisoblaydi. Bu haqda u Bokudagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Lavrovning fikricha, «Yevropa Ittifoqining rusofob ayblovi» hali beri yo‘qolishi dargumon. Uningcha, yevropaliklar Ikkinchi jahon urushi boshlanishini eslatuvchi yo‘lni tanlashgan, o‘z vaqtida «Gitler Sovet Ittifoqiga qarshi urishish uchun Yevropa davlatlarining ko‘p qismini o‘z bayrog‘i ostida to‘plagan».

«Hozir ham Yevropa Ittifoqi va NATO birgalikda Rossiya Federatsiyasi bilan urush qilish uchun shunday zamonaviy koalitsiyani yig‘ishmoqda. Bularning barchasini diqqat bilan ko‘rib chiqamiz», — dedi Lavrov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rasmiylari «Yevropa Ittifoqining xatti-harakatlarini» va Ukraina hamda Moldovaga YeIga nomzod maqomi berilganidan keyin ularning qadamini kuzatadilar.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni YeI davlatlari rahbarlari sammit chog‘ida Ukraina va Moldovaga YeIga nomzod maqomini berishga kelishib oldilar. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan bir necha kun o‘tib, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishi uchun ariza bergandi. Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainaning YeIga kirishiga qarshi emasligini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring