Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liraning qulashi: Turkiyadagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi

Liraning qulashi: Turkiyadagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi

Turkiya lirasining dollarga nisbatan qulashi fonida Anqara va Istanbulda boshlangan norozilik aksiyalari huquq-tartibot idoralari vakillari bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. Bu haqda «Halk» telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar Turkiya hukumati va hukmron siyosiy partiyadan iste’fo so‘rashgan.

Bundan tashqari, stixiyali aksiya ishtirokchilari hukmron «Adolat va taraqqiyot partiyasi» fraksiyasini hokimiyatdan mahrum qilishni talab qiluvchi shiorlarni ko‘tarib chiqishmoqda. Prezident Erdo‘g‘on muxolifatning navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish bo‘yicha chaqirig‘ini qabul qilmagan. 

Huquq-tartibot idoralari namoyishchilarni tarqatib yuborish choralarini ko‘rgan. 

Eslatib o‘tib joiz, o‘tgan oyda turk lirasi dollarga nisbatan 26,5 foizga arzonlashgan. Bu esa iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring