Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviya sohillari yaqinida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi: 60 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi

Liviya sohillari yaqinida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi: 60 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi

Foto: «AP»

O‘rta yer dengizida Liviya sohillari yaqinida muhojirlar qayig‘ining cho‘kib ketishi oqibatida 60 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Liviya harbiy-dengiz kuchlari vakili ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, cho‘kib ketgan rezina qayiq bortida 104 kishi joylashgan. 63 kishi izsiz yo‘qolgan.

Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 41 kishini qutqarib qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan 3 ta qayiqdan umumiy hisobda 276 kishi qutqarilgan.

Ayna damda Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi og‘ir iqtisodiy vaziyat va urushlar natijasida Yevropaga kuchli migrantlar oqimi kuzatilmoqda. 2018-yilning boshidan 20-iyun kuniga qadar Yevropaga dengiz yo‘li orqali 40 ming noqonuniy muhojir kelgan va 960 nafar kishi dengizda halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring