Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenkoning gaplarini Peskov izohladi...

Lukashenkoning gaplarini Peskov izohladi...

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyaga navbatdagi safari arafasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning kayfiyati ko‘ngildagidek emas.

Keyingi paytlarda ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgan ayrim tushunmovchiliklar, shuningdek, siyosiy doiradagi ba’zi amaldorlarning qarashlaridan kelib chiqib, Belarus yetakchisi kecha shunday deyishgacha bordi: «...Rossiyani «qardosh davlat» deyishga til bormay qolyapti. Nachora, «qardosh» deyilmasa, «sherik» deymiz-da». Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Kutilganidek, Rossiya prezidentining matbuot kotibi darhol bu gapga izoh berishga tushdi: «Rossiya va Belarus qardosh va ittifoqdosh davlatlardir. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas. To‘g‘ri, ba’zan u yoki bu masalada o‘rtada savollar tug‘ilib qoladi. Biroq ularga yechim doim topilgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring