Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madagaskarda ocharchilik: odamlar chigirtkalarni yeb jon saqlamoqda...

Madagaskarda ocharchilik: odamlar chigirtkalarni yeb jon saqlamoqda...

Foto: «Meteoprog»

Madagaskar janubida yashovchi bir milliondan ortiq aholi global iqlim o‘zgarishlari keltirib chiqargan tarixdagi birinchi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda «Korrespondent» BMT bayonotiga asoslanib yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, Madagaskarda ko‘p yillardan beri qurg‘oqchilik davom etmoqda.

Butunjahon oziq-ovqat dasturi vakili Elis Rahmunga ko‘ra, Madagaskarning ayrim joylarida odamlar haliyam ekin-tikin qilishlari mumkin, biroq  yildan-yilga bu imkoniyat cheklanib boryapti. Ammo janubda deyarli hech narsa o‘smaydi. Odamlarning kuni faqat mevalar, kaktuslarning barglari va chigirtkalarga qolgan...

Butunjahon oziq-ovqat dasturi Madagaskar hukumati bilan hamkorlik qilmoqda, natijada qariyb 700 ming kishiga oziq-ovqatlar yetkazib berildi, deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring