Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madonna va Rianna AQShning eng boy tadbirkor ayollari ro‘yxatiga kiritildi

Madonna va Rianna AQShning eng boy tadbirkor ayollari ro‘yxatiga kiritildi

Foto: «AP/Invision/Charles Sykes, AFP/Angela Weiss»

Madonna va Rianna «Forbes» jurnali tomonidan chop etilgan AQShning eng boy self-made tadbirkorlari yillik ro‘yxatiga kiritildi.

Unda Rianna 33-o‘rinni egalladi. U bir yil ichida kiyim-kechak va kosmetika savdosidan 600 million dollar ishlab topdi. COVID-19ga qarshi kurash uchun tashkil etgan xayriya jamg‘armasi esa 22,5 million dollar to‘pladi.

Madonna 550 million bilan 40-pog‘onadan joy oldi. Selin Dion 51-o‘rin (455 million), Beyonse 55-o‘rin (420 million), Barbara Streyzand 56-o‘rin (400 million)ni egalladi.

Reytingdagi eng yosh ayol — model Kayli Jenner (23 yosh), eng keksa xonim esa Elis Shvars (94 yosh) bo‘lib, u biotexnologiyalar bilan shug‘ullanadi.

«ABC Supply» asoschisi Diana Xendriks esa uchinchi yildirki ketma-ket peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqda. Uning kompaniyasi tom yopishda ishlatiladigan materiallarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi.

Ro‘yxatga kiritilgan aksar ayollar (100 tadan 45 nafari) Kaliforniyada istiqomat qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring