Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magellan izidan. Portugaliya kemasi dunyo aylana sayohatga chiqdi (video)

Magellan izidan. Portugaliya kemasi dunyo aylana sayohatga chiqdi (video)

Foto: «Figueira na Hora»

Dunyo bo‘ylab 371 kun. «Euronews» yozishicha, Lissabondan yo‘lga otlangan «Sagresh» yelkanli kemasi ana shuncha muddatda dunyoni aylanib chiqadi — Fernan Magellan roppa-rosa 500 yil avval insoniyat tarixida birinchi bo‘lib ushbu maqsadda olis o‘lkalarga suzib ketgandi.

Magellanning sayohati uch yilga cho‘zilgan, uning o‘zi Filippin orollarida tubjoy aholisi bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgandi.

Magellanning sayohatiga jo‘g‘rofiy kashfiyotlar istagi emas, balki Usmonlilar imperiyasi bilan savdo urushi sabab bo‘lgan — yevropaliklar Molukkadagi «ziravorlar orollari»ga eltuvchi boshqa yo‘llarni izlab topish ilinjida bo‘lishgan.

«Sagresh» kemasi 19 mamlakatning 22 ta portida langar tashlash hamda Yozgi olimpiada o‘yinlari o‘tayotgan Tokioga kirib o‘tishni rejalashtirgan.

Kema ekipaji 142 kishidan iborat. «Sagresh» Lissabonga 2021-yilning 10-yanvar kuni qaytib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring