Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mag‘lubiyat nimaligini bilmagan bokschi 24 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Mag‘lubiyat nimaligini bilmagan bokschi 24 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «TMZ»

Amerikalik professional bokschi Trevell Mezion yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar berdi «TMZ».

Biror marta ham yengilmagan sportchi 24 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Mezionning avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, «Nissan Sentra»ni urib yuborgan, so‘ng «Honda Pilot»ga to‘qnashgan. Bokschi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir jabrlanuvchi — «Honda Pilot»ning 61 yoshli haydovchisi olgan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Politsiya ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasini tekshirmoqda. Mezion boshqaruvidagi «Cadillac» nima uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani hali aniqlanmadi.

Mezion o‘zining oxirgi jangini 58 soniyada yakunlagan. 2020-yil yanvar oyida Fernando Kastanedani nokautga uchratgan. Professional boksda amerikalik mag‘lubiyat nimaligini bilmagan. Uning hisobida 17 ta jang va 17 ta g‘alaba bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring