Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkum qiynoqlar natijasida o‘lgan

Mahkum qiynoqlar natijasida o‘lgan

Valeriy Ivanov.

Foto: «obozrevatel.com»

Donbass muammosi bo‘yicha Rossiya maxsus vakili Boris Grizlov Ukraina turmasidagi voqelik yuzasidan shunday bayonot berdi: «Rossiyalik Valeriy  Ivanov Ukraina turmasida qiynoqlar natijasida vafot etgan, bunga shubha yo‘q, ekspertiza natijasi ham buni tasdiqlab turibdi». Rasmiy bunga qo‘shimcha tarzda Ukraina turmalarida saqlanayotgan Rossiya fuqarolari bunday xavfdan xoli emasligini aytib o‘tgan.

Rossiyalik Valeriy Ivanov Ukraina turmasida vafot etgani o‘tgan yilning 9-dekabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Uning jasadi oy oxiriga kelibgina Rossiyaga olib kelingan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi esa marhum qiynoqlarga dosh berolmay o‘lgani haqida xulosa bergan. Holat bo‘yicha Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Ukraina tomoni esa marhum baxtsiz holat natijasida vafot etganini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring