Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsga birinchi qadamni ayol kishi qo‘yadi

Marsga birinchi qadamni ayol kishi qo‘yadi

Foto: «Nokta»

NASA direktori Jim Braydenstayn Marsga ilk qadamni ayol kishi qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

Kelajakda kosmosni o‘zlshtirishda ayollar asosiy rolni o‘ynaydi — Braydenstaynning bunga ishonchi komil, deb yozmoqda « Naked Science ».

Xalqaro kosmik stansiyasida 29-mart kuni tarixiy voqea yuz beradi: ilk marotaba sof ayollar jmoasi ochiq fazoga chiqadi.

NASA direktori Oyga navbatdagi missiyaga juda puxta hozirlik ketayotganini ham ta’kidladi, ya’ni bu gal shunchaki borib qaytilmaydi, balki bir qancha muddat bo‘linib, inson faoliyati «izi» qoldiriladi.

«Marslik» filmidan kadr. Bosh rolda — Mett Deymon. 

«Bu safar shunchaki mehmonga borayotganimiz yo‘q, Oyni o‘rganamiz, o‘zlashtiramiz, shunday ekan bizga tijoriy, xalqaro hamkorlar kerak. Bizga ko‘p karra ishlatiladigan raketlar zarur», — ta’kidladi Braydenstayn.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring