Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur yozuvchi 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan uzr so‘radi

Mashhur yozuvchi 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan uzr so‘radi

Foto: «Pagesix.com»

1-dekabr kuni amerikalik yozuvchi, jahon bestselleri – «Yoqimli suyaklar» kitobi muallifi Elis Sibold uni zo‘rlashda ayblanib, 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan omma oldida kechirim so‘radi. 2021-yilda erkak oqlandi.

«Men, avvalo, Entoni Broduoterdan chin dildan uzr so‘rayman. Juda afsusdaman va kechinmalaringiz uchun uzr so‘rayman... 1982-yilda adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va yigitning umrini mangu o‘zgartirishga emas, balki adolatga erishish uchun harakat qildim», – deb yozadi Sibold Medium blog-platformasida.

Yozuvchining qo‘shimcha qilishicha, u politsiya tizimiga ishongan, lekin u xatoga yo‘l qo‘ygan. U shuningdek uni zo‘rlagan haqiqiy jinoyatchi hech qachon qo‘lga tushmasligini tan oldi.

1981-yilda Sibold talabalik chog‘ida noma’lum kimsa tomonidan zo‘ravonlikka uchradi. Bir necha oy o‘tgach, bo‘lajak yozuvchi ko‘chada Entoni Broduoterni uchratib qolib, uni zo‘rlagan kishi deb «tan oladi». Natijada, yigit 1982-yilda sudlangan. Qiz esa bu voqeani o‘zining debyut asari «Baxt» romanida tasvirlagan.

1982-yildan 1998-yilgacha Broduoter qamoqda o‘tirdi. Ozodlikka chiqqanidan keyin u jinsiy zo‘ravonlar ro‘yxatida qoldi. 2021-yil noyabrda ish qayta ko‘rib chiqilganda yetarli dalilsiz hukm qilingani aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring