Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada mashina odamlarni bosib ketdi

Germaniyada mashina odamlarni bosib ketdi

Foto: breakinglv/twitter.com

Germaniyaning Trir shahrida mashina odamlarni urib yuborishi oqibatida ko‘plab yo‘lovchilar jarohatlandi, deya xabar berdi mahalliy politsiya.

«Trir shahrida yo‘lovchi yo‘lakchasida bo‘lgan odamlar mashina ostida qolib ketishdi», — deya «Twitter»da ma’lum qildi huquqni muhofaza qilish organlari.

Xavfsizlik xodimlari aholidan hodisa yuz bergan hududni tark etishni so‘ragan. Hozirgi vaqtda politsiyachilar va boshqa favqulodda xizmatlar xodimlari voqea joyida ish olib borishmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi vafot etgan. Xavfsizlik xodimlari haydovchini hibsga olishdi.

Burgomistr kamida 10 kishi jarohat olganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring