Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maykl Jeksonning merosxo‘rlari «ABC» telekanalini sudga berdi

Maykl Jeksonning merosxo‘rlari «ABC» telekanalini sudga berdi

Foto:«Topman4.ru»

Maykl Jeksonning merosxo‘rlari «ABC» telekanali hamda «Disney» studiyasini «Oxirgi kunlar» nomli, qo‘shiqchining so‘nggi kunlari tasvirlangan hujjatli filmi yuzasidan sudga berdi.  Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Merosxo‘rlarning fikricha, film ijodkorlari (shu yil 24 may kuni translatsiya qilingan va 5,6 million tomoshabinni yig‘gan). Maykl Jeksonning «Billie Jean», «Thriller» va «Black or White» qo‘shiq hamda kliplaridan noqonuniy ravishda foydalangan.

«Disney singari biz ham intellektual mulk hisobiga kun kechiramiz. Negadir «Disney» bizdagi eng qadrli narsani tekinga olishga qaror qildi», — dedi merosxo‘r.

Uning hisoblashicha, filmda 30 yaqin qoidabuzarlik bor.

Maykl Jekson 2009-yil 25-iyun kuni 50 yoshida vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring