Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymun chechagi 92 mamlakatga kirib bordi — JSST

Maymun chechagi 92 mamlakatga kirib bordi — JSST

Foto: Marca

Maymun chechagi kirib borgan mamlakatlar soni 92 taga yetdi, jami kasallanish holatlari — 35 mingtadan ortiq. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus bayonot berdi.

Tashkilot rahbariningaytishicha, so‘nggi bir hafta ichida 7,5 mingta kasallanish holati aniqlandi, oldingi haftadagidan 20 foizga ko‘p. Maymun chechagini yuqtirish oqibatida o‘lganlar soni 12 nafarga yetgan.

TASS yozishicha, maymun chechagi asosan Yevropa va Amerika mamlakatlarida kuzatilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring