Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Merkel Putin bilan nimani muhokama qilishini aytdi

Merkel Putin bilan nimani muhokama qilishini aytdi

Foto: RIA Novosti

Germaniya kansleri Angela Merkel bugun, 18-may kuni Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Eron yadroviy bitimi, Suriya va Ukraina masalasini muhokama qilishini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Albatta, men u bilan Eron yadroviy bitimi bo‘yicha gaplashaman. Albatta, u bilan Suriya haqida suhbatlashamiz. Har doimgidek Ukraina masalasi ham kun tartibidan o‘rin oladi», — dedi Markel Bolgariyada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Matbuot anjumani «Phoenix» telekanali orqali efirga uzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring