Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliarder va supermodelning 24 yoshli o‘g‘li o‘lik holda topildi

Milliarder va supermodelning 24 yoshli o‘g‘li o‘lik holda topildi

Foto: «Pagesix.com»

Milliarder Piter Brant va supermodel Stefani Seymurning o‘g‘li 24 yoshli Garri Brant giyohvandlikdan vafot etdi. Bu haqda «Page Six Style» portali xabar berdi.

Yigit 17-yanvar kuni — giyohvandlikdan davolanish uchun reabilitatsiya klinikasiga yuborilishidan bir necha kun oldin o‘lik holda topildi, deya xabar bermoqda «360» telekanali.

«Halokatli dard uni juda erta hayotdan olib ketdi. Biz qayg‘udamiz. U shu yoshida ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Tirik bo‘lganida yana qanday yutuqlarga erishishi mumkinligini endi hech qachon bilolmaymiz», — deyishdi qarindoshlari.

Reabilitatsiya markazidan qaytgach, Garri otasiga tegishli bo‘lgan «Interview» jurnalida ishlamoqchi edi, deya xabar berdi NSN.

Garri Brant manekenchi bo‘lib ishlagan, moda namoyishlarida qatnashgan, «Vogue Italia» jurnali uchun suratlarga tushgan, Balmain va Dior brendlari bilan hamkorlik qilgan. U, shuningdek, akasi bilan birgalikda dekorativ kosmetik vositalarini ishlab chiqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring