Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliarderlar soni rekord darajada ko‘paydi

Milliarderlar soni rekord darajada ko‘paydi

Foto: «EKD»

Jahondagi milliarderlar soni hamda ularning boyliklari umumiy qiymati o‘tgan 2019-yilda rekord darajada o‘sdi. Bu haqda «Wealth-X» kompaniyasi o‘zining «Milliarderlar ro‘yxati»da ma’lum qildi.

2019-yilda dunyoda milliarderlar soni 2 825 nafarni tashkil etdi, bu 2018-yildagidan 221 nafarga yoki 8,5 foizga ko‘pdir.

Ularning boyliklari umumiy qiymati bundan-da yuqoriroq o‘sib (2018-yilga nisbatan 10,3 foizga yuqorilab), 9,4 trillion dollarni tashkil etdi.

Eng ko‘p milliarderlar AQShda — 788 nafar. Ikkinchi o‘rindagi Xitoyda 342 nafar milliarder yashaydi. Shaharlar orasida Nyu-York (113 nafar milliarder), Gonkong (96) va San-Fransisko (77) yetakchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring