Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Millionerlar uchun eng sevimli shaharlar (reyting)

Millionerlar uchun eng sevimli shaharlar (reyting)

Foto: «Tailortour.ru»

Mutaxassislar hisoblab ko‘rishsa, 30 million dollardan ortiq boyligi bor odamlar soni bir yil ichida dunyo bo‘yicha 13 foizga ko‘payibdi.

Eng ko‘p millionerlar yashovchi shahar — Gonkong, Xitoyning ushbu maxsus ma’muriy tumanida 10 ming nafardan ziyod millioner bor, deb xabar bermoqda «Bloomberg».

«Wealth-X» tahlilchilari esa millionerlar eng ko‘p yashovchi yirik shaharlar reytingini tuzib chiqishdi. Bu ro‘yxatga hamma ham kirmadi, kamida 30 million dollari borlar hisobga olindi.

Ana shu mezonga ko‘ra, Gonkong birinchi o‘ringa ko‘tarilib olib, kimsan Nyu-Yorkni ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi — «Katta olma»da 30 millioni bor insonlar soni 8,9 ming nafarga yetadi. Uchinchi o‘rinda esa Tokio — 6,8 ming nafar haqiqiy millioner.

O‘nlikka AQShning Los-Anjeles, Chikago, San-Fransisko, Vashington shaharlari ham kirdi.

Fransiya poytaxti Parij beshinchi (4 ming nafar millioner), London oltinchi (3,8 ming nafar millioner) o‘rinni band etdi.

O‘nlikka Yaponiyaning Osaka shahri yakun yasadi — 2,7 ming nafar millioner.

Tahlilchilar hisoblashlaricha, bir yil davomida o‘ta ta’minlangan fuqarolar (yoki ultraboylar) soni 13 foizga ko‘paygan. Umuman olganda, sotsiologlar o‘rgangan shaharlarda (o‘nlikka kirmagan shaharlarni ham qo‘shganda) 256 ming nafar ultraboy insonlar yashaydi, ularning boyligi umumiy qiymati 31,5 trillion dollar atrofida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring