Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr prezidentiga suiqasd rejalashtirgan sakkiz kishiga o‘lim jazosi berildi

Misr prezidentiga suiqasd rejalashtirgan sakkiz kishiga o‘lim jazosi berildi

Foto: «Segodnya»

Misr harbiy tribunali mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirishda ayblangan sakkiz kishiga o‘lim jazosi belgiladi. Bu haqda favqulodda sud vakili «Youm7» gazetasiga ma’lum qilgan.

Sudlanuvchilar ishi mamlakat oliy muftiysi fatvosi bilan yakuniga yetkaziladi. Biroq bungacha 6-mart kuni hukm rasman o‘qib eshittirilishiga bag‘ishlangan sud majlisi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bu ish yuzasidan 292 nafar kishi tergovga tortilib, ularga terrorchilik hujumlari uyushtirish, Sinay yarimoroli shimolida sudyalar va politsiyalar hayotiga qasd qilish, shuningdek, mamlakat prezidenti hayotiga qasd qilishni rejalashtirish kabi ayblovlar qo‘yilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring