Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misr prezidentning o‘g‘lini Moskvada «qayta tarbiyalashmoqchi»

Misr prezidentning o‘g‘lini Moskvada «qayta tarbiyalashmoqchi»

Foto: «Argumenti.ru»

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining o‘g‘li Mahmud ilgari mamlakat razvedka xizmatida ishlardi. Ammo, bir tomondan, otasini, ikkinchi tomondan, Misr hamkorlarining hafsalasini pir qilganidan so‘ng unga «Moskva surguni»ni ravo ko‘rishdi.

Ayni paytda prezident oilasi xorijlik hamkorlar ko‘z o‘ngida imijini tiklash bilan ovora.

O‘g‘ilni Misr davlat ishlaridan uzoqroqqa jo‘natish taklifi Birlashgan Arab Amirliklaridan chiqdi. Otani OAVni izmida ushlab turgan o‘g‘ilning faoliyati shundog‘am qoniqtirmayotgandi. Misrlik taniqli tadbirkor Muhammad Ali prezident oilasi davlat mablag‘larini qanday xarjlayotgani haqida jurnalistlarga so‘zlab berganidan so‘ng esa pichoq suyakka borib taqaldi.

Tadbirkor internetga joylagan roliklar shunchalik ommalashib, ko‘p ko‘rildiki, oqibatda mamlakatda aksilhukumat namoyishlari, ularning ortidan tartibsizliklar kelib chiqdi. Prezident keng tus ola boshlagan norozilik namoyishlarini amallab bostirdi-yu, ammo o‘z qo‘li bilan reytingini ham pasaytirib yubordi.

Muxolif tadbirkorning roliklarida Mahmud as-Sisining nomiga alohida urg‘u berilgandi. Xususan, u otasi foydasiga miting uyushtirishni moliyalashtirgani aytiladi. Kamiga Mahmud Misr orqali narkotrafik tashkil etishda ham ayblangan.

Prezidentning o‘g‘li Moskvada bir necha oydan so‘ng diplomatik lavozimda ish boshlaydi. Buni muddatsiz «komandirovka» ham deyishyapti. Misrdagilar ushbu qadam davlat foydasiga ishlashiga umid qilishyapti. Har holda ushbu qaror ikki mamlakat hukumatlari doirasida kelishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring