Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrda 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Misrda 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Foto: «iz.ru»

Misr sudi zo‘ravonlik va qotillikda ayblanayotgan 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkumlar 2015 yili Misr g‘arbida politsiya avtomobilini o‘qqa tutishgan. Buning oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan,  4 kishi yaralangan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha «Delta an-Nahl» sudi bugun zo‘ravonlik va qotillikda ayblanayotgan 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi.

Bugungi sud jarayonida ayblanayotgan 11 kishidan 4 nafari qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring