Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrda ikki oila o‘rtasidagi janjal katta fojiaga sabab bo‘ldi

Misrda ikki oila o‘rtasidagi janjal katta fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: «Masrawy»

Misrning Kena viloyatida ikki oila o‘rtasidagi janjal o‘n kishining o‘limiga olib keldi, deb xabar beradi Masrawy.

Hodisa Abu Xizam qishlog‘ida sodir bo‘lgan. As-Saadiya va al-Avamer oilalari o‘rtasidagi ziddiyat otishma va janjalga ulanib ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bunga sug‘orish nasosidagi nizo sabab bo‘lgan. Dastlab as-Saadiya oilasining a’zosi o‘ldirilgan. Uning qarindoshlari esa al-Avamer oilasi a’zolari bor deb gumon qilingan mikroavtobusga o‘q uzishgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u yerda nafaqat al-Avamerlar, balki boshqa qabila vakillari ham bo‘lishgan.

Hozircha sakkiz nafar qurbonning shaxsi aniqlandi. Ularning eng kattasi 65, eng kichigi esa sakkiz yoshda edi.

Voqea joyiga xavfsizlik kuchlari yetib kelishgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring