Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Motivans: «Bizga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q»

Motivans: «Bizga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q»

Foto: «Mixnews»

Latviya jahon bozoridagi raqobatga tayyor emas, uning mahsulotlariga hech kim ko‘z tikib o‘tirgani yo‘q, deya ta’kidladi mamlakat Markaziy banki qoshidagi «Pullar olami» ta’lim markazi direktori Yanis Motivans.

«Bu bozor, ilgari o‘ylaganimizdek, bizni umuman kutayotgani yo‘q: «Mana, latishlar, kelinglar, mana siz uchun peshtaxtalar, ularni to‘ldiring deb». Biroq biz ishlashda davom etyapmiz, sotib olganlarimizni esa arzoniga sotyapmiz. Arzonga sotyapmizmi, demak, maosh ham shunga yarasha bo‘ladi-da», — dedi u. Motivansning «iqrornoma»sidan «Mixnews» portali iqtibos keltirmoqda.

Shuning uchun ham u mehnatga layoqatli aholining xuddi shu ishi uchun ko‘p maosh to‘lovchi qo‘shni skandinav mamlakatlariga yoppasiga ko‘chib ketishida mantiq bor deb hisoblaydi. Motivans yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning yo‘lini yuqori qo‘shimcha qiymatli xizmatlar va fanni rivojlantirishda ko‘rmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring