Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muzeyga sayohat ayolga o‘zidagi xavfli kasallikni aniqlashga yordam beradi

Muzeyga sayohat ayolga o‘zidagi xavfli kasallikni aniqlashga yordam beradi

Foto: «Telegraph.co.uk»

Ayol Shotlandiyada «Xayolotlar dunyosi» muzeyiga borgandan so‘ng o‘zida ko‘krak saratoni borligini bilib qoldi, deb xabar berdi «Daily Mirror» gazetasi.

41 yoshli Bal Jill oilasi bilan muzeyni sayohat qilayotganda issiqlik kamerasi o‘rnatilgan xonaga kirishadi va u yerda rasmga tushishadi. Suratlarda ayol o‘zining ko‘kragida shubhali dog‘ga ko‘zi tushadi.

— Bunday dog‘ boshqalarda yo‘qligiga ishonch hosil qildik. Bu bizga juda g‘alati tuyuldi. Men ekranda o‘zimni rasmga oldim va muzeyning qolgan qismlarini tomosha qilishni davom ettirdik, — deydi ayol.

Bir necha kundan so‘ng ayol haligi rasmni eslab qoldi va suratdagi dog‘ga izohni Internetdan izlab ko‘rdi. Shundan so‘ng u shifoxonaga bordi: unga erta bosqichdagi saraton tashxisini qo‘yishdi.

Angliyalik xonim ikkita operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Hozir uchinchisiga hozirlik ko‘rmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring