Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA rahbari «Oyga qaytish» qanchaga tushishini aytdi

NASA rahbari «Oyga qaytish» qanchaga tushishini aytdi

Foto: «Newsland»

NASA «Artemis» dasturi (yangi Oy loyihasi)ni amalga oshirishi uchun 20-30 milliard dollar kerak. «RIA Novosti» yozishicha, bu haqda NASA rahbari CNN telekanaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Dasturni to‘liq amalga oshirish va Oyda doimiy turish uchun barcha sharoitlarni yaratishga taxminan 20-30 milliard dollar kerak. Men, albatta, NASAning umumiy xarajatlarini emas, balki bo‘lg‘usi besh yillik qo‘shimcha xarajatlarni nazarda tutyapman», — dedi kosmik agentlik rahbari Jim Braydenstayn.

Oy orbitasida ham xuddi Yerniki singari Xalqaro kosmik stansiya yaratish va 2020-yilning o‘rtalaridan uni ishga tushirish rejalashtirilgan. Tashabbusga besh mamlakat qo‘shilgan. 2017-yili Roskosmos va NASA «Oyda hamkorlik qilish» bo‘yicha memorandum imzolagan.  Bu yildan Kanada ham tashabbusga rasman qo‘shildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring