Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«NASA»da Marsga birinchi ayol qadam qo‘yishini istashmoqda

«NASA»da Marsga birinchi ayol qadam qo‘yishini istashmoqda

Foto: «Segodnya.ua»

«NASA»da Marsgacha ucha oladigan kosmik kema yaratish ustida ishlaydigan Allison Makintayr Qizil sayyoraga ilk qadamni ayol kishi qo‘yishi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu adolatdan bo‘ladi, deb yozadi «Segodnya» nashri.

«Bizda erkaklar kabi yuqori malakaga ega ayol astronavtlar bor, ammo ulardan hech biri hali Oyga chiqqani yo‘q, — deydi Allison. — Menimcha Marsga birinchi bo‘lib ayol kishi chiqishi kerak».

Hozirda Marsga uchuvchili parvoz aynan qachon amalga oshirilishi aniq emas. Allison Makintayrning jamoasi yumshoq qo‘nish muammosini hal qilish bilan band. Ta’kidlanishicha, Marsda kosmik kema Yerdagidan yigirma barobar yengil bo‘ladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring