Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer aholisi soni 8 milliard kishidan oshib ketdi

Yer aholisi soni 8 milliard kishidan oshib ketdi

Foto: Pixabay.com

Countrymeters sayti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisi 8 milliarddan ortiq kishini tashkil qilmoqda.

1,4 milliard odam Xitoyga (18,1 foiz) to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, Hindiston ham deyarli bir xil ko‘rsatkichga (17,7 foiz) ega. Aholi soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda AQSh – 336 million kishi (4,2 foiz).

Aytilishicha, birinchi milliard aholi 1804 yilda qayd etilgan. 1987-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5 milliardga yetdi. 1999-yilda dunyo aholisi 6 milliardga, 2011-yilda esa 7 milliardga yetgan edi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasida yashovchi doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring